"Iftixor" olti nafar yangi o'yinchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2018, 12:10
12 iyul kuni yozgi yig'inni boshlagan “Iftixor” jamoasi futbolchilari mashg'ulotlar zo'r berishgan.

Ma'lumki, kecha O'zbekistonda yozgi transfer oynasi rasman yopildi. Ushbu jarayonda jamoa safiga olti nafar yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Bular, Shoxrux Xolmatov, Ismoil Oxunjonov, Rustam A'zamov, G'iyos Tursunov, Nurullo Mirzajonov, Shoxrux Yo'ldoshevlar. Ushbu o'yinchilar mavsumning qolgan qismini “Iftixor”da o'tkazishadi.

Oltiariqda davom etayotgan yig'in chog'ida "Iftixor" ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalantirishgandi. Ulardan biri 13 iyul kuni Quvasoyning “Cementchi” klubiga qarshi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. O'sha bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

20 iyul kuni jamoa navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi. Bu gali raqib Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bo'ladi. Uchrashuv Farg'onada o'tkaziladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Ифтихор” матбуот хизмати