IFFHS yilning eng yaxshi pleymeykerlarini aniqladi

Mirjalol Normatov
6 dek 2021
Butunjahon futbol tarixi va statistikasi tashkiloti 2021 yilning eng yaxshi pleymeykerlarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, birinchi o'rinda "Manchester Siti" xavbeki Kevin de Bryuyne qayd etildi. U 160 ball to'pladi. Ikkinchi o'rinda esa PSJ forvardi Leo Messi qayd etildi - 105 ovoz. Kuchli uchlikni bir yo'la ikki futbolchi - 15 ochkodan ovoz to'plagan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh hamda "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller yopib berdi.

"Chelsi" xavbeki Jorjino esa 10 ochko bilan 5-o'rinni egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal