Ibrohimhalil Yo'ldoshev: "Xursandchilik o'tib ketdi. Hozir finalga tayyorgarlik ko'ryapmiz"

Administrator
1 may 2024, 22:52
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev U-23 Osiyo kubogi finalidagi raqib – Yaponiya terma jamoasi haqida gapirdi.

- Final haqidagi fikrlaringiz? Raqib – Yaponiya. Umuman, finalga tayyorgarlik qanday kechmoqda?

- Hammasi yaxshi. Tayyorgarlikni boshladik. Yaponiyaga haqida etarlicha ma'lumot oldik. Bugungi nazariya darslarida ko'rdik, Yaponiya kuchli jamoa. O'ta tezkor, taktik tomonlama ham kuchli. Finalga shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. Qiyin o'yin bo'lmaydi deb o'ylayman. Har bir o'yin biz uchun muhim. Muxlislarimizni ishonchini qozonib, chempion bo'lishga harakat qilamiz. 

- Yarim finaldagi tarixiy natijadan keyingi eyforiya o'tib ketdimi? Finalga e'tiborni jamlash qanday kechmoqda?

- Olimpiadaga chiqishimiz katta baxt. Xursandchilik bo'lishi tabiiy. O'sha payt biz g'alabani nishonladik. Hozir esa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Xursandchilik o'tib ketdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia