Ibrohimhalil Yo'ldoshev terma jamoamiz ixtiyoriga kelib qo'shildi

Khoja
16 apr 2024, 15:45
Ibrohimhalil Yo'ldoshev kecha Dohaga uchib keldi va O'zbekiston U-23 terma jamoasi safiga qo'shildi.

Bu haqida Tolibjon Qosimov o'zining Telegram kanalida e'lon qildi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, yana uch nafar legionerimiz Qatardagi musobaqaga guruh bosqichidan keyin yetib keladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini Malayziyaga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia