

Bungacha "Pari NN" klubida o'ynab kelgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Rubin" klubiga ijaraga berildi. Bu haqda championat.asia saytiga "Rubin" klubi vakili ma'lum qildi.
"Rubin"da o'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov va yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev ham o'ynamoqda.
Ma'lumot uchun, Yo'ldoshev bu mavsum Rossiya premer-ligasida 3ta o'yinda maydonga tushdi.




