

Tajribali futbolchi Vadim Abramov qo'l ostida bir necha klublarda va O'zbekiston terma jamoasida faoliyat olib borgan. Endi Ibrohim Rahimov yana ushbu murabbiy qo'l ostida ishlaydi.
Rahimov o'z vaqtida oliy ligada "Traktor", "Andijon", "UzDongJu", "So'g'diyona", "Xorazm", "Guliston", "Dinamo", "Paxtakor" kabi klublarda ham faoliyat olib borgan.
Birinchi davrada futbolchi "Qo'qon-1912" safida 11ta o'yinda jami 691 daqiqa o'ynadi.




