

"Jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Baxtiyor Ashurmatov eng shimarib ishga kirishdi. Bu murabbiy ancha yillardan buyon oliy ligada ishlab kelmoqda. Barcha yigitlar yaxshi kayfiyatda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa yangitdan shakllantirilmoqda. Nasib qilsa chempionatni ijobiy natijalar bilan boshlamoqchimiz. Toshkentdagi yig'in davomida tarkibimizga 5-6 nafar yangi futbolchi kelishi kutilmoqda. So'nggi yillarda "Andijon" muntazam ravishda oliy ligada qolish uchun kurashdi, bu yil nasib qilsa mana shu yomon ananaga chek qo'ymoqchimiz. Imkon qadar yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanmoqchimiz", - deydi Ibrohim Otaxonov.




