Ibragimovichning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi

Eldor Akmurzayev
26 may 2020, 20:50
Bu haqda “Milan” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Zlatan 25 may kungi mashg'ulotlar vaqtida o'ng oyog'ida og'riq sezgandi. Ilk taxminlarga ko'ra, u tovon qismidagi axill paylari jarohatlangani aytilgan, ammo tekshiruvlar uning faqatgina muskuli lat eganini ko'rsatdi.

Ibraning sog'ayishi uchun taxminan 1 oyga yaqin muddat kerak bo'ladi. 10 kundan keyin esa u takroriy tekshiruvdan o'tadi.

38 yoshli hujumchi joriy mavsum “rossonerilar” tarkibida 10ta o'yinda qatnashib, 4+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: acmilan.com