Ibragimovich va Rayola Turinda

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2017, 00:40
Italiya OAVlarining xabariga ko'ra, shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich o'z agenti Mino Rayola bilan ayni paytda Turinda bo'lib turibdi.

Hujumchining Italiyaga nima maqsadda tashrif buyurgani noma'lum. Ammo ayni paytda erkin agentga aylangan hujumchi o'z xizmatlarini “Yuventus”ga taklif etishi mumkin. U 2004-2006 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich ayni paytda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band va dekabrgacha u maydonga tusha olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia