Ibragimovich tug'ilgan kuniga "Ferrari" sotib oldi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2021
3 oktyabr, yakshanba kuni shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich 40 yoshga to'ldi.

Bir necha yil oldin bo'lgani kabi hujumchi tug'ilgan kunida hashamatli mashina sotib olish bilan o'zini xursand qilishga qaror qildi. Ibragimovich o'zining tvitterdagi sahifasida yangi "Ferrari" modelini namoyish etdi.

"Tug'ilgan kuning bilan, Zlatan", - deya milanlik futbolchi suratga izoh qoldirgan.

Yaqin daqiqalarda "Milan" Italiya chempionatida Atalanta bilan o'ynaydi. Zlatan Ibragimovich jarohat olgani sababli jamoasiga yordam bera olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/@Ibra_official