Ibragimovich shu yili faoliyatini yakunlaydi?!

Alisher
24 mar 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich professional faoliyatini shu yili tugatmoqchi.

Zlatan hozirda oilasi bilan Shvetsiyada. Xabar qilinishicha, u "Milan"ga qaytmoqchi emas.

Ibragimovich katta ehtimol bilan mavsum so'nggida faoliyatiga yakun yasaydi.

Eslatib o'tamiz, hozirda koronavirus epidemiyasi sabab deyarli barcha chempionatlar qatori Italiya A Seriyasi o'yinlari ham to'xtatilgan.

Shvetsiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it