Ibragimovich: "Ronaldu MYUda o'ynagan vaqtida ham barcha ishni Runi qilardi"
Aziz Tukhtamuradov
29 sen 2015, 20:52
PSJ futbolchisi Zlatan Ibragimovich Ueyn Runi "Manchester Yunayted"ning muhim futbolchisi ekanligini aytib o'tdi.
"Ronaldu va Runi albatta buyuk futbolchilardir. Lekin, shuni aytib o'tishni istardimki, Krishtianu MYUda o'ynagan vaqtida barcha shon-shuhrat va olqishlarni aynan u olardi. Lekin, asosiy ishni Ronalduning soyasidagi Runi qilardi", - deydi futbolchi.