Ibragimovich: “Qachon yakunlash kerakligini Zlatanning o'zi hal qiladi”

Eldor Akmurzayev
20 fev 2022, 09:45
“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich kelajagi haqida fikr bildirdi.

“Qachon to'xtashni Ibraning o'zi hal qiladi. Ko'pchilik faoliyatimni yakunlayotganim haqida gapirmoqda, ammo o'zimni hali ham kuchli his etmoqdaman. Qilayotgan ishlarimga ishonchim bor. Qanchalik uzoqqa borishimni bilmayman, ammo doimo kuchli bo'lishga harakat qilaman. Zo'r bo'lish imkoni bor ekan, oddiy bo'lishdan ne foyda?

“Barselona”da o'zimni baxtli his qilmaganman. Menga adrenalin yetishmasdi. “Milan”ga qaytganimdan esa xursandman”, deydi shved.

40 yoshli forvard joriy mavsum A Seriyada 15 o'yinda qatnashib, 8+2 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca