Ibragimovich MYUga qarshi o'yinga tayyor

Alisher
16 mar 2021, 18:47
Jarohati sabab so'nggi o'yinlarni o'tkazib yuborgan "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich bugun umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga qaytdi.

Shvetsiyalik futbolchi Yevropa Ligasi 1/8 final MYUga qarshi javob o'yinida maydonga tushishga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum "Milan" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Qayd etish kerakki, Ibragimovich bugun 5 yilda ilk bor Shvetsiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia