Ibragimovich: "Messining JCH chempioni bo'lishi aniq"

17 dek 2022, 15:10
Zlatan Ibragimovich "433"ga bergan intervyusida Lionel Messining JCH-2022 bosh sovrinini ko'tarishiga shubha bildirmasligini aytdi.

Argentina va Fransiya terma jamoalari Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati yakuniy o'yinida ilk bor o'zaro finalda to'qnash keladi. Ular mundiallarning boshqa bosqichlarida 3 bor kuch sinashishgan. 18 dekabda bo'lib o'tadigan o'yin "uch ranglilar" yulduzi Killian Mbappega ikkinchi jahon chempioni titulini keltirishi yoki Argentina termasi yetakchisi Lionel Messining orzusini ushaltirishi mumkin.

O'yin oldidan o'ziga xos fikrlari bilan ajralib turuvchi Zlatan Ibragimovich Janubiy Amerika vakilini qo'llashini bildirdi: 

"O'ylashimcha, Jahon chempionati kubogini Messi boshi uzra ko'tarishi aniq bo'lib bo'ldi".

Shvetsiyalik afsonaviy futbolchi Argentina super yulduzi tufayli janubiy amerikaliklarning uchinchi yulduzchani qo'lga kiritishini istayotgani aytib o'tdi.

Zlatan Ibragimovich va Lionel Messi birgalikda 2009-2011 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Be Soccer