Ibragimovich: "Maydonda yaxshi o'ynay olmayotganlarni albatta so'kaman"

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 23:15
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoadoshlariga bosim o'tkazishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Maydonda o'ynayotganimda doimo o'z xarakterimni ko'rsatishga harakat qilaman. Jamoadagi futbolchilar maydonda borini bermasa, yaxshi o'yin ko'rsata olmasa, albatta, ularni so'kaman va bosim o'tkazaman.

Ayrim futbolchilar buni to'g'ri qabul qilishadi, ayrimlar esa yo'q. Yo'q holatidagilar esa ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Chunki ular o'zi istagan paytda yaxshi o'ynagan va shunday qolipga tushib qolgan.

Biroq maydonda hech kim futbolchining yoshi kattaligi yoki kichikligiga qaramaydi. Ular shu yerda o'ynashyaptimi, demak, bunga loyiq bo'lishlari kerak", - dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal