Ibragimovich: "Manchester Yunayted"dagilar o'tmish emas, hozirgi vaqt haqida o'ylashlari kerak"

Sherzod Nurmatov
23 noya 2021, 19:57
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi mankunianlarning hozirgi holati haqida to'xtalib o'tdi.

Hozirda "Milan" ranglarini himoya qilayotgan Zlatan Ibragimovichning fikricha, "Old Trafford"da o'tmishni juda ko'p o'ylashmoqda. Aynan shu sababli jamoa bor e'tiborini hozirgi kunda ro'y berayotgan holatga qarata olmayapti.

“Men Angliyada ajoyib tajribaga ega bo'ldim. "Manchester Yunayted" – qoyilmaqom klub, biz birgalikda bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritdik.

"Manchester Yunayted"ning muammolari? Ular o'tmish haqida juda ko'p gapirishadi. U erga borganimdan so'ng: “Men bugunga e'tibor qaratmasdan, o'z hikoyamni yozish uchun keldim”, dedim. O'tmish haqida tez-tez o'ylaganingizda, sizda qaramlik paydo bo'ladi. Siz real vaqt haqida o'ylashingiz kerak, aks holda, kasalxonaga borib, miyangizni tozalang", – dedi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail