Ibragimovich koronavirusni mag'lub qildi

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich koronavirusdan tuzalganini ma'lum qildi.

"O'zimni yaxshi his qilyapman. Sog'liqni saqlash departamenti karantin yakunlanganini aytdi. Chiqishim mumkin", – deb yozdi 39 yoshli shvetsiyalik o'yinchi o'zining tvitterdagi shaxsiy sahifasida.

Klub hujumchi ketma-ket topshirgan 2 test salbiy natija berganini tasdiqladi. Unga infekciya yuqqani 24 sentyabrda e'lon qilingan edi.

Ma'lumot uchun, A Seriyaning joriy mavsumida 2 ta o'yin o'tkazgan Zlatan 3 ta golga mualliflik qilgan.


Manba: twitter.com/Ibra_official