

34 yoshli forvard poytaxt klublaridan birini tanlab, Premer-ligada to'p tepmoqchi. Ammo futbolchi qaysi jamoani tanlagani noma'lum. Oldinroq "Chelsi" rahbariyati shvedga 12,5 mln. evrolik maoshga ega 2 yillik shartnoma taklif qilgani e'lon qilingan edi. Shu bilan birga uning xizmatlariga "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Milan" va MLS klublari qiziqish bildirmoqda.
Ibragimovichning PSJ bilan kelishuvi iyun oyida yakuniga etadi.



