Ibragimovich evrokuboklarda ettinchi klub safida gol urdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 11:05
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich kecha Yevropa ligasi 2-turida "Zarya" darvozasini ishg'ol qildi.

Shu tariqa, Ibragimovich evrokuboklarda ettinchi klub safida gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Manchester Yunayted"dan oldin Zlatan "Ayaks", "Yuventus", "Milan", "Barselona", "Inter", PSJ klublari tarkibida evrokuboklarda to'p kiritishga erishgan edi.

Kecha MYU aynan uning yagona goli evaziga "Zarya"ni mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe