Ibragimovich endi "Visa"ning yuzi FOTO

Mirjalol Normatov
18 apr 2018
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Visa" kompaniyasining yuziga aylandi.

"Men dunyoning yetakchi pul o'tkazma sayti bilan birga ishlashdan mamnunman. Futbolda har doim eng yaxshisi bo'lib kelishga intilganman, "Visa" bilan hamkorlik esa bunga yaxshi yo'l ochib beradi", - dedi Zlatan.

"Zlatan o'z o'yinari va natijalari bilan butun dunyoda mehr qozongan. JCH-2018 vaqtida u bilan birga ishlashdan xursand bo'lamiz. U orqali biz jahonda yanada mashhurroq bo'lmoqchimiz", - dedi "Visa"ning marketing bo'yicha direktori Linn Biggar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: VISA