Ibragimovich dushanba kuni Milanga qaytadi

Mirjalol Normatov
10 may 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich dushanba kuni ertalab xususiy samolyotda Italiyaga qaytadi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchi birdaniga uyiga jo'naydi va u erda 14 kun davomida karantinda bo'ladi. Shu davr mobaynida undan har kuni koronavirus testini olishadi.

Qayd etish kerak, karantin davrida u o'z vatanida egalik qilayotgan "Xammarbyu" klubi tarkibida mashg'ulotlarda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport