Ibragimovich: "Chetlatilayotganimda, meni 11 bolakay o'rab olganday tasavvur uyg'ondi"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2015, 11:43
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Chelsi"ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan (2:2) so'ng, unga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat borasida izoh berdi.

Shvetsiyalik futbolchi uchrashuvning 31 daqiqasida chetlatilgan edi.

"Qizil kartochka olganimda, meni 11 bolakay o'rab olganday tasavvur uyg'ondi. PSJga keladigan bo'lsak, biz ikki Kubok va ikki ligada ishtirok etayotgan Yevropadagi yagona jamoa bo'lsak kerak. Hozircha chorak finalga yo'l oldik. Qur'ani kutamiz" - deydi Ibragimovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com