Ibragimovich: "Ayaks" direktori bo'lishim mumkin. Buni hozirgi rahbardan yaxshiroq uddalayman"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2019, 21:15
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich sobiq klubi "Ayaks" haqida fikr bildirdi.

"Odatda to'p tepgan klublarimga qaytmayman, ammo faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng "Ayaks" direktori bo'lishim mumkin. Bu ishni hozirgi rahbardan yaxshiroq uddalayman.

Hali ham "Ayaks"ni Gollandiyadagi o'z klubim deb hisoblayman, uning bir qismi bo'lganimdan faxrlanaman. Ayniqsa ularning hozirgi holatiga qaraganimda.

Ular hech kim kutmagan ishni amalga oshirishdi va doimgidek sifatli futbolchilar tarbiyalashmoqda" - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf