Ibragimovich agarda MYU bosh murabbiyi bo'lganida qanday ishlashini aytdi

Mirjalol Normatov
19 mar 2019, 20:27
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Zlatan Ibragimovich mankunianliklarni qay tariqa rivojlantirish mumkinligini aytdi.

"Hozir klubda bo'layotgan barcha ishlar Fergyuson davri bilan solishtirilaveriladi. Nima bo'lsa ham barcha: "Fergyuson davrida unday bo'lmasdi, Fergyuson davrida bunday bo'lmasdi. Fergyuson bu Fergyuson", deydi.

Agarda men MYUda bosh murabbiy bo'lganimda Fergyuson endi yo'qligini aytardim. Men shunday ishlagan bo'lardim. Men bu klubga o'zimning tariximni yaratish uchun borardimki, barcha o'tmishni yoddan chiqarib, hozirgi hayot bilan yashashi uchun intilardim. Bu eng avvalo maqsad bo'lishi va uni keyinchalik amalda qo'llash yo'llarini bilish lozim", - dedi Zlatan

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror