Ibragimovich A Seriyada Tottining rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
26 apr 2022, 08:45
A Seriya doirasida “Milan” 2:1 hisobida “Lacio”ni taslim etdi.

Mazkur o'yinda “rossonerilar” forvardi Zlatan Ibragimovich o'z hisobiga golli pas yozdirdi. Shved musobaqada assistentlik qilgan yoshi eng katta futbolchi sifatida rekord o'rnatdi – 40 yosh, 6 oy va 21 kunlik. Avvalgi natija esa “Roma” afsonasi Franchesko Totti tomonidan 2017 yil qayd etilgandi – 40 yosh, 4 oy va 23 kunlik.

Ma'lumot o'rnida, Zlatan joriy mavsum Italiya chempionatida 20 o'yinda qatnashib, 8+3 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru