Ibragimovich 100 mln. evrolik shartnomadan voz kechgan ekan

Aslanov Jasurbek
4 apr 2018, 19:15
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich AQSH klubiga o'tishdan avval Xitoy jamoasining taklifini rad etgani ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy klubi shvedga 100 mln. evrolik shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi faoliyatini MLSda davom ettirishini maqul ko'rgan. Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi"da har yili 1,5 mln. evro ishlab topadi.

Hujumchi "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng, AQSH klubiga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports Illustrated