Ibra o'zini vinoga o'xshatdi

Mirjalol Normatov
18 fev 2019
"Los Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich yoshi qarilashib borayotgani sari o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi.

"Yoshim o'tib borayotgani sari holatim zo'r bo'lib bormoqda. Huddi qizil vinoga o'xshayman. Endi ushbu mavsumda nimalar bo'lishi mumkinligini o'zingiz tasavvur qilavering.

Bir mavsum o'tdi, endi MLS haqida ko'p narsa bilaman. Ishtiyoq va sabrsizlik bilan o'yinlarni kutyapman. O'tgan mavsumdan keyin menga MLS yoqmoqda. Birinchi mavsumim men kutgandek o'tdi. Bunday darajadagi ligada meni qiynalib qolishimni kutishgandi. Ammo bunday bo'lmadi", - dedi Ibragimovich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS