Hujumchi bo'lishni istagan himoyachi

8 yanv 2015, 23:29
Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan "Shalke" himoyachisi Benedikt Xyovedes yoshligida hujumchi bo'lishni orzu qilganini aytib o'tdi.
"Men "Shalke" yoshlar jamoasiga kelishimgacha hujumchi rolida o'ynab yurardim. "Shalke"esa meni himoyaga qo'yishdi. Himoya chizig'ida bitta bo'sh o'rin bor edi va meni sinab ko'rishni taklif etishdi. Keyinchalik bu rolda o'zimni yaxshi taraflama ko'rsatdim, va professional futbolchi bo'lib yetishdim. men ko'proq Jovanni Elbek, Mehmet Sholl kabi futbolchilardan o'rnak olishga harakat qilardim. Menga ularning golni nishonlash uslublari juda maqul kelardi", - deydi Xyovedes.

Manba: soccer.ru