Husniddin Nishonov: "Biz Eron termasini anchadan beri kutyapmiz"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 00:05
Futzal terma jamoamiz Eronga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jaxon chempionati 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Eron o'yinidan oldin, termamiz futzalchisi Husniddin Nishonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ertangi o'yinga tayyorgarligimiz juda yaxshi, kayfiyat a'lo darajada. Biz Eron termasini anchadan beri kutyapmiz. Sababi, o'zimiz tarixni yangilash niyatidamiz. Mahalliy chempionatimizga e'tiborni kuchaytirishimiz lozim. AGMK, "Paxtakor" va yaqinda bular orasiga qo'shilgan "Xuaxin Jizzax" kabi kuchli jamoalar ko'payishi kerak deb o'ylayman. Har yili uchta emas, ko'proq jamoa chempionlik uchun kurashsa, bu terma jamoaning yanada kuchliroq bo'lishiga zamin yaratadi, milliy jamoaga yosh o'yinchilar etkazib berish ham ko'payadi", -deydi Husniddin Nishonov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron termalari o'rtasidagi o'yin 24 sentyabr kuni 19:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz