

"Nasaf" klubidan taklif qilingan Husniddin Aliqulov bu boradagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Terma jamoaga qo'shilib kyetish qiyin bo'lgani yo'q. Boisi tarkibdagi futbolchilar bir-birimizni yaxshi bilamiz. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Srechko Katanetsda hammasi boshqacha. Jismoniy holatga ham e'tibor berilmoqda. Qo'shilganimizga ko'p bo'lgani yo'q. Shu bois hali xulosa qilish qiyin.
Kuchli terma jamoalar bilan o'ynagan yaxshiroq, deb o'ylayman. Qolaversa tajribamizni ham oshiramiz. Munosib to'p tepishga harakat qilamiz",- deydi Husniddin Aliqulov.



