Husanov jamoasi hujumdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida Interdan hujumchi oldi

Khoja
24 avg 2024, 09:41
Martin Satriano Lansga o'tdi.

Francuz klubi Interning 23 yoshli hujumchisini 1 mln evroga ijaraga oldi. Shuningdek, 5 mln evroga sotib olish huquqi bor.

Urugvaylik futbolchi o'tgan mavsumni Brestda ijarada o'tkazib, Liga 1da 33 o'yinda 4 ta gol va xuddi shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com