Husan Temirovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
7 noya 2020
Bugun “Nasaf” futbol klubining suhandoni Husan Temirovning tavallud ayyomi. U kishi bugun qutlug' 67 yoshni qarshilamoqda.

Faxriy jurnalist, o'zining sharhlari bilan futbol muxlislarining mehrini qozongan Husan aka Temirovni klub rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari hamda xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz. U kishiga mustahkam sihat salomatlik, uzoq umr, baxt saodat tilaymiz, "Nasaf"da faoliyatini uzoq yillar davom ettirib, yuqori natijalarni qo'lga kiritishda o'z hissalarini qo'shaversinlar.

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia