Hokim kubogi: "OAV xodimlariga bildirilgan munosabat uchun tashkilotchilarga rahmat! Rahmat..."

Narzulla Saydullayev
3 fev 2021, 20:47
Avval xabar berganimizdek, bugun Farg'onada "Hokim kubogi-2021" musobaqasida yakuniy final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv yakunida musobaqaning eng faol ishtirokchilarini qutlash jarayoni tashkil etildi. Dastavval turnirning eng yaxshilari, yani ishtirokchi jamoalar safida munosib harakat futbolchilar, keyinchalik sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar vakillari taqdirlandi. Ko'tarinki kayfiyatda o'tgan jarayon yakuniga etdi.

Shundan so'ng mazkur marosimni guvohi bo'lish uchun futbol muxlislari stadionni tark etishdi. Oradan ma'lum bir vaqt o'tgach, stadionda hech kim qolmagach musobaqa tashkilochilari orasida kimningdir turnirni yoritish uchun jonbozlik ko'rsatgan OAV vakillarini ham taqdirlash lozimligi yodiga tushib qoldi. Zo'r kayfiyat! Ajoyib tashkilotchilik! Stadionda qolgan 5-6 nafar mas'ul shaxslar guvohligida saytimiz vakili Bekzod Tolibov ham taqdirlandi.

"Hokim kubogi-2021" musobaqasi tashkilotchilariga OAV vakillarini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun saytimiz a'zolari va o'quvchilari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia