"Hokim kubogi". Farg'onada bo'lib o'tadigan musobaqada g'oliblarga qanday sovrin vada qilinmoqda?

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2021, 16:02
Avval xabar berganimizdek, 23-yanvar sanasidan boshlab Farg'onada “Hokim kubogi-2021" musobaqasi start oladi.

So'ngi kunlarda tashkilotchilar tomonidan e'lon qilinayotgan xabarlarga ko'ra, bu yilgi musobaqa avvalgilaridan o'zgacha ruhda o'tishi kutilmoqda. Xo'sh, futbol klublariga mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi mazkur turnir g'oliblarini qanday mukofotlar kutib turibdi?

Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga ko'ra, "Hokim kubogi-2021" musobaqasida g'olib chiqqan jamoa maxsus kubok sohibiga aylanadi. Bundan tashqari musobaqada 1-o'rin uchun 50 million, 2-o'rin uchun 30 million, 3-o'rin uchun 20 million so'm pul mukofotlari ham vada qilingan.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqaning amaldagi g'olibi Farg'onaning "Neftchi" klubi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia