Hojimat Erkinov: "Terma jamoadan chaqiruv olganimni qadrlayman"

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022, 18:04
"Torpedo" va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov Rossiya terma jamoasi bilan bo'lajak o'rtoqlik o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Zenit" bilan o'yindan so'ng terma jamoa ixtiyoriga yetib boraman. U yerda Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlarimiz bor. Men bu chaqiruvni juda qadrlayman va bormasam bo'lmaydi, chunki O'zbekiston – mening vatanim va men terma jamoaga yordam berishim kerak", – dedi Erkinov.

20 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

O'zbekiston terma jamoasining Qozog'iston va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun qaydnomasi ma'lum

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс