Hojiakbar Alijonov nega faqat qora butsada maydonga tushadi?

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2025, 14:20
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Hojiakbar Alijonov 90minutuz podkasti mehmoni bo'ldi.

Unda futbolchiga muxlislar tomonidan yuborilgan bir qator savollar berildi.

- Siz o'ynashni orzu qilgan Yevropadagi klub?
- "Real Madrid".

- Qaysi hujumchiga qarshi o'ynash qiyinroq?

- Oybek Bozorov.

- Eng chiroyli golingiz qaysi?

- "Al Sadd" va "Navbahor"ga urgan gollarim.

- Superligadagi qaysi o'ng qanot himoyachini etirof etgan bo'lardingiz?

- Yaxshi o'ng qanot himoyachilari ko'p: Dilshod Saitov, Saidazamat Mirsaidov va Zafarmurod Abdirahmatov.

- Futboldan bo'sh vaqtda nima bilan shug'ullanasiz?

- Stol tennis o'ynayman.

- Nega faqat qora rangli butsada maydonga tushasiz?

- Birinchidan, qora butsa yoqadi. Ikkinchidan, bu rangli modeldan ko'p sotib olganman. Hali uyda kiyilmaganlari ham ko'p.


Quyida 90minutuz podkastini to'liq tomosha qilishingiz mumkin. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia