Hatto Malkomning sartaroshi ham futbolchi bilan xayrlashdi

Alisher
2 avg 2019, 11:39
"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Malkom "Zenit"ga o'tishga yaqin turibdi.

Futbolchining sartaroshi ham "Instagram"da 22 yoshli forvard bilan xayrlashdi.

"Ko'rishguncha birodar!" - deb yozadi sartarosh.

Sal o'tib Malkomning o'zi ham "Instagram"iga ushbu suratdan "storiz" joyladi.

"Barselona" forvardi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishgan.

Braziliyalik futbolchi "Zenit" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Hujumchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/bbflow_