Hasan Salixamijich: "Bavariya" Chempionlar Ligasida hali hech narsa yutmadi"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2020, 08:00
"Bavariya" boshqaruv kengashi a'zosi Hasan Salixamijich "Chelsi"ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz turnirda shu vaqtga qadar yaxshi harakat qilib keldik. Lekin, hali hech narsa yutganimiz yo'q. Guruh bosqichida ochko yo'qotmasdan yakunladik, "Chelsi" bilan birinchi o'yinda g'alaba qozonjik. Ammo, bu hech narsani anglatmaydi. "Chelsi" to'sig'idan o'tib olganimizdan so'ng Portugaliyadagi finalga chiqishimizga ishonsak bo'ladi. Albatta, Xansa Flik va uning bollariga oson bo'lmaydi. Ishonamanki, Flik Chempionlar Ligasini yutish orqali "Bavariya"ni yangi jamoaga qaytaradi", - deydi Salixamijich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти