Salihamijich Kanselu nega "Bavariya" asosiy tarkibida o'ynamayotganligini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
11 mar 2023, 12:59
"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamijich nima uchun Joau Kanseluga boshlang'ich tarkibdan joy ajratilmayotgani haqida to'xtaldi.

Kanselu oxirgi marta 14 fevral kuni YCHL 1/8 finali doirasidagi PSJga qarshi o'yinda dastlabki daqiqalardanoq maydonda harakat qilgandi. O'shandan beri u 3 marta zaxiradan maydonga tushdi va 1 marta o'yin oxirigacha zaxirada qoldi.

"So'nggi paytlarda u mashg'ulot o'tkazdi va biz kutgandek o'ynamadi.

Joau juda muhim futbolchiga aylanadi. Biz u bilan yaxshi muloqot qilamiz. U kelajakda muhim o'yinchi bo'la oladi", – dedi Salihamijich.

Portugaliyalik futbolchi yanvar oyida "Manchester Siti"dan mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com