Hamidjon Aktamov: “Qimmatli ochkolarni yo'qotdik”

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016, 10:52
Oliy liga yigirma birinchi tur doirasida “Qizilqum” - “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvi (1:1) nihoyasiga etgach, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.
- Bugungi uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga hayit bayramiga munosib sovg'a tayyorlamoqchi edik,  - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Afsuski, jamoamiz buning udddasidan chiqa olishmadi. Qolaversa, oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishga urinayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi ham bunga imkon bermadi. Chempionat taqvimida yuzaga kelgan  yigirma kunlik tanaffusdan unumli foydalana olmadik. Bir necha nazorat o'yinlari o'tkazishni rejalashtirgan edik. Afsuski, ayrim sabablar tufayli bu amalga oshmay qoldi. Bu esa bugungi o'yinimizga o'z ta’sirini o'tkazdi.

Muxlislar ikki bo'limda ikki xil o'yinga guvoh bo'ldilar. Har ikkala jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar etarli bo'lgan bo'lsa-da, afsuski yigitlarimizga hal qiluvchi pallada sovuqqonlik yetishmadi. Bir so'z bilan aytganda, bugun jamoamiz  mag'lubiyatga teng durang  qayd  etishdi. Natijada o'z maydonimizda qimmatli ochkolarni yo'qotdik. Keyingi uchrashuvlarda boy berilgan ochkolar o'rnini qoplash uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Qizilqum”  PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia