Hamidjon Aktamov: Maqsad - faqat yuqoriga!

Narzulla Saydullayev
10 avg 2016, 13:12
Oliy liga 17-turidan joy olgan Qizilqum - Sho'rtan jamoalari (2:0) uchrashuvidan so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Shukurki hech qaysi futbolchi jarohat olmadi. Tarkib 50 foizga o'zgargan. Shu bois futbolchilar o'zaro til topishib ketishi uchun ozgina vaqt kerak. Barcha futbolchilar yaxshi o'ynadi, etiroz yo'q.

"Sho'rtan" juda tartibli jamoa. Agar vaziyatlarimizdan foydalanganimizda hisob yanada yirikroq bo'lardi. 2:0dan keyin futbolchilar biroz susayishdi.

Stadionga muxlislarni qaytarayapmiz. Nasib qilsa keyingi bahslarda stadionimiz to'lib toshadi. Muxlislarimizga alohida rahmat, ular bugun o'zgacha qo'llab quvvatlashdi. 12 avgust kuni Toshkentga yo'l olamiz. "Olmaliq" bilan o'ynab keyin "Obod"ni o'z uyimizda qabul qilamiz. Keyin "Paxtakor" bilan o'ynaymiz. Alisher Yusupov va Otabek Narzullaevning jarohatlari u qadar jiddiy emas, yaqin orada ular maydonga qaytishadi.

Maqsadimiz o'zgarmaydi, faqat yuqoriga!", - deydi Hamidjon Aktamov.

"Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia