Hamidjon Aktamov: “Ikkinchi goldan keyin raqibga imkon bermadik”

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2017, 10:22
"Qizilqum" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
  - O'z maydonimizda g'alabaga erishmaganimizga ancha vaqt bo'lgandi. Futbolchilarimiz bor kuchlari bilan harakat qilishib, oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi.  Ushbu g'alaba klubimiz prezidenti, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O'zbekiston Qahramoni, senator Quvondiq Sanaqulovning tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a bo'ldi, deb o'ylayman...

  “Mashal” kuchli jamoa ekanligini bilardik. Birinchi gol kiritilguniga qadar ular ham darvozami oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Birinchi bo'lim oxirida va ikkinchi bo'lim boshida kiritilgan gollar ularga salbiy ta’sir o'tkazdi, menimcha. Ikkinchi bo'limda, ikkinchi golni kiritganimizdan keyin tashabbusni o'z qo'limizga oldik.  Raqibga deyarli imkon berilmadi va muhim uch ochko qo'lga kiritildi. Birinchi davraning qolga ikkita uchrashuvida ham ijobiy natijalarni qo'lga kiritib, tanaffusga imkon qadar yuqoriroq pog'onani egallab chiqmoqchimiz.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz