

"O'yin haqida nima ham derdim. G'alaba uchun harakat qildik. Ikkinchi bo'limda juda ko'p xavfli vaziyatlar yaratdik. Birinchi golni o'zimizning aybimiz bilan o'tkazdik. Ikkinchi golda tushunmovchilik bo'ldi. Futbol shunisi bilan qiziq. "Qo'qon -1912" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. O'yinni qaytadan ko'rib chiqamiz", - deydi Hamidjon Aktamov.



