Hamidjon Aktamov: "Bizga bitta g'alaba kerak"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirdi.




"Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'p vaziyatlar yaratdik. Anchadan beri bunday bahs bo'lmayotgandi. Chempionatimizdagi eng kuchli jamoaga qarshi to'p tepdik. AGMK jamoasini juda ham xurmat qilaman. Ularga qaraganda bizda ko'proq imkoniyatlar yuzaga keldi. Oxirgi nuqtani qo'yadigan futbolchi yetishmadi. Durangni adolatli deb hisoblamayman-ku, bugun yutishimiz kerak edi. Keyingi o'yinlarda raqibga omad tilayman",- deydi Hamid Aktamov. 

- Mavsum yakunida "Qizilqum" kuchli uchlikka kira olishiga qanchalik ishonasiz? 

- Bizga bitta g'alaba kerak. Bitta uchrashuvda yutib olsak hammasi yaxshi bo'ladi. Harakat qilamiz. 

- Elguja Grigalashvili va Georgiy Kuxianidzeni zaxiraga olinishi nima bilan bog'liq? Jarohati bormi?

- Charchoq alomatlari bor edi. Ikkisi ham yuqori tezlikda harakat qildi. 

- O'rinbosarlar jamoasini kuzatib borayotgan bo'lsangiz Shahzod Turopov degan futbolchi asosiy tarkibga tayyor bo'lyaptimi?

- Ha, tayyor bo'lyapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia