Abbos Fayzullaev: "Turkiyaga moslashish qiyin bo'lmadi"

Aslanov Jasurbek
3 sen 2025, 19:33
Abbos Fayzullaev nega Turkmanistonga qarshi bahsda maydonga tushmagani haqid aytib berdi.

"31 avgust kuni maydonga tushgani tufayli murabbiylar bilan kelishib, Turkmanistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga kelishdik. Keyingi uchrashuvda maydonga tushishga tayyorman.

Oson o'yinlar bo'lmaydi, biroq qizil kartochka ham bizga ta’sir qildi deb o'ylayman. Shunga qaramay hujumlar tashkil qila oldik va g'alabaga erishdik. Keyingi bahsda g'alaba uchun maydonga tushib, ko'proq gol urishga harakat qilamiz.

Turkiyaga moslashish qiyin bo'lmadi. Yonimda Eldor Shomurodov bor, jamoa ham iliq qabul qildi. Buning ustiga Turkiya O'zbekistonga yaqin mamlakat" - dedi Fayzullaev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia