Hamid Rahmatullaev xotira turniri: “Bunyodkor-2003” - chempion

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017
“Paxtakor” jamoasining afsonaviy futbolchisi Hamid Rahmatullaevning xotirasiga Bag'ishlab 2003 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida hisob bo'yicha XXX musobaqa bo'lib o'tdi.

Alisher Ibrohimov qo'l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi finalda Toshkentning “Lokomotiv” yoshlarini 4:0 hisobida engib musobaqa g'olibiga aylanishdi.
Yosh “qaldirg'ochlar” guruh bosqchiida andijonlik tengdoshlarini 6:0, Buxoro akademiyasini 4:2 hisoblarida mag'lub etishdi.

Yarim finalda “qaldirg'ochlar” BO'SM-16 (“Paxtakor-2”) jamoasini 5:1 hisobida taslim qilishdi. Nihoyat hal qiluvchi final bahsida “Lokomotiv” jamoasidan 4:0 hisobida ustun kelib chempion bo'lishdi.  

Musobaqada “Bunyodkor” birinchi, “Lokomotiv” ikkinchi va “Paxtakor” uchinchi o'rinni band etishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia