Hakimi PSJdan ketishni istamoqda

Mirjalol Normatov
14 may 2023, 16:29
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi klubdan ketish variantlarini o'ylab ko'rmoqda.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, futbolchi o'zi tarbiya topgan "Real"ga qaytishni istamoqda. Marokashlik futbolchi 11 yoshida "qirollik klubi" akademiyasiga borib qo'shilgandi.

Biroq Parij klubi futbolchini sotib yuborish variantlarini ko'rmayapti. O'z navbatida klubning "Real" bilan munosabatlari yaxshi emasligi sababli transfer amalga oshishi ehtimoli ham past baholanmoqda.

Ushbu mavsumda 24 yoshli fulbek barcha turnirlarda 38 o'yinda qatnashib, 5tadan gol va assist qayd etdi. Uning parijliklar bilan yana 3 yillik shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe