Hakim Fuzaylov: "Deyarli barcha futbolchilarim yomon o'ynashdi"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2021, 20:24
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.

"Oldin ham aytgandim, Pro ligadagi barcha o'yinlar qiyin o'tadi. "Xorazm" jamoasi bizga qarshi o'z maydonida juda qattiq tayyorlanishini futbolchilarimga uqtirgandim. Bizning deyarli barcha futbolchilarimiz juda yomon o'ynashdi, bir taymdan ko'proq vaqt davomida 10 kishiga qarshi harakat qildik va deyarli hech qanday vaziyat yarata olmadik.

Qizil kartochka haqida? To'g'risi men turgan joydan bu vaziyat juda uzoqda edi. Bu hakamning qarori, uni muhokama qilmayman.

Temur Ismoilov haqida? Boshida aytdim deyarli barcha o'yinchilarim yomon o'ynadi dedim. Ismoilov ham boshqalar singari yomon o'ynadi.

Pro liga saviyasi haqida? Yig'inlar vaqtidayoq Pro ligada barcha bahslar og'ir o'tishini taxmin qilgandim. Juda qiyin musobaqa. Hozir hech bir favoritni ko'rsata olmayman.

Stadion haqida? Ajoyib muhit. To'g'ri maydon holatini yanada yaxshilash mumkin. Issiqda bunday maydonda o'ynash og'ir bo'ladi. Oldinda yoz fasli bor. "Xorazm" futbolchilari bu yerda doim o'ynashadi. Muhitga esa gap yo'q", - deydi Hakim Fuzaylov.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia