Hakim Fuzaylov: "Chempionatdagi intrigani saqlab qoldik"

Narzulla Saydullayev
5 avg 2013, 20:37
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlarini bildirdi.
“Qiyin o'yin bo'ldi. Tarkibimiz yosh bo'lgani uchun, ikkita futbolchini yo'qligi ta’sir qildi. Birinchi bo'limda “Bunyodkor”ga o'yin bo'yicha imkoniyatni boy berdik. Durang yaxshi natija bo'ldi va chempionatdagi intrigani saqlab qoldik”, - deydi Hakim Fuzaylov.

- Raxmonovning o'ng qanotdagi o'yiniga nima deysiz?

- Markazga Evgeniy Gogolni olganimiz uchun Sardor qanotga ko'chdi. Yaxshi futbolchi, uni kelajagi bor deb o'ylayman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia